Описание
# O'zbekcha Tarjima (Uzbek Language Pack)
Minecraft'ni endi **o'zbek tilida** o'ynashingiz mumkin! Bu resurs to'plami o'yinning menyular, sozlamalar, bloklar, buyumlar, moblar, yutuqlar, Iksirlar, sehrlar va o'lim xabarlari kabi ko'plab qismlarini o'zbek tiliga tarjima qiladi.
**Versiya:** 1.21 – 26.1.2
## O'rnatish
1. Faylni yuklab oling va `.minecraft/resourcepacks/` papkasiga joylashtiring.
2. O'yinni oching → **Options → Resource Packs** → to'plamni yoqing (Selected tomonga o'tkazing).
3. **Options → Language...** bo'limiga kiring → ro'yxatdan **O'zbekcha** ni tanlang.
## Nimalar tarjima qilingan?
- Bosh menyu, sozlamalar va barcha GUI oynalari
- Bloklar va buyumlar nomlari (qurollar, ovqatlar, materiallar va h.k.)
- Moblar va jonzotlar nomlari
- Iksirlar, sehrlar (enchantmentlar) va statistikalar
- O'lim xabarlari (death messages)
- Klaviatura boshqaruvi (Controls)
Ba'zi kamdan-kam ko'rinadigan qismlar (server buyruqlari, texnik sozlamalar, "abuse report" oynasi) hozircha inglizcha qolgan.
## Fikr-mulohaza
Xato topsangiz yoki tarjima sifatini yaxshilash bo'yicha takliflaringiz bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring — keyingi versiyalarda hisobga olib boraman.